Ğazo sektori bilan çegarada Isroil armiyasi falastinliklar bilan töqnaşdi. Jerusalem Post xabariga köra, qurolli töqnaşuv oqibatida 6 nafar falastinlik halok bölgan.
Naşrda yozilişiça, 500dan ortiq kişi uşbu töqnaşuv oqibatida jabrlangan.
Ğazo sektori Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra esa jarohatlanganlar soni 420 nafar atrofida.
Isroil Mudofaa armiyasi ma'lumotiga köra, 17 ming falastinlik hujum uyuştirgan.
Isroil armiyasi ma'lum qilişiça, 30 mart kuni Ğazo sektori bilan çegarada yana bir falastinlik fermer öldirilgan, bir neça kişi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Isroil va Ğazo sektori çegarasida minglab falastinliklar norozilik namoyişi uyuştirgani xabar qilingandi.












