Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti yo‘l chetida turgan talabalarni urib yubordi
Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi talabalarni urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri shifoxonada vafot etdi.
Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomobili yo‘l chetidagi talaba yigitlarni urib yubordi.
20 aprel kuni soat 18:40 atrofida 11-sinf o‘quvchisi tog‘asining nomida bo‘lgan Lacetti avtomashinasini tumanning Yettinchi mingchinor ko‘chasida boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu paytda belgilangan tezlikni oshirib, tajribasizligi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.
Haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘l chetida turgan Namangan muhandislik-qurilish institutining 2 nafar xorazmlik talabasini urib yuborgan. Hodisa oqibatida yigitlardan biri yengil jarohat olgan. Biri esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Yana bir voqea ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, mashina marhumdan keyin o‘sha yerda bo‘lgan 3 yigitni ham birvarakayiga urib yuborgan. Ularga jarohat yetmagan, biroz yelka va oyoq og‘rig‘i kuzatilgan.
O‘quvchi o‘qiyotgan 57-maktabda muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
09:20 / 12.11.2024