Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jidda-Toshkent repatriatsiya parvozlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish vaqtincha to‘xtatildi. Shu munosabat bilan Jidda-Toshkent yo‘nalishida O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.
Foto: Uzbekistan Airways
Ma’lum qilinishicha, cheklov mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga taalluqli bo‘lib, jumladan, Uzbekistan Airways'ning Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarini ham qamrab oladi. Qaror keyingi rasmiy ogohlantirishgacha amal qiladi.
2026 yil 2 martdan boshlab Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga borgan O‘zbekiston fuqarolarini bosqichma-bosqich vatanga qaytarish maqsadida Jiddadan Toshkentga maxsus repatriatsiya reyslari yo‘lga qo‘yiladi.
Mas’ul idoralar fuqarolardan xotirjamlikni saqlashni, rasmiy axborot manbalarini kuzatib borishni va aviakompaniya hamda turoperatorlar bilan doimiy aloqada bo‘lishni so‘ramoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin kunlarda e’lon qilinishi bildirilgan.
Mavzuga oid
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
12:24 / 12.02.2026
Rossiya aviakompaniyalari Kubaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
14:55 / 12.01.2026
Toshkent–Haydarobod yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar ochiladi
11:58 / 15.12.2025