“Rossiya” aviakompaniyasi va Nordwind 11 fevral, çorşanba kuni Kubaga parvozlarni yonilği quydiriş bilan boğliq muammolar tufayli vaqtinça töxtatişini ma’lum qildi. Bayonotga köra, “Rossiya” (u “Aeroflot” guruhiga kiradi) yaqin bir neça kun içida Kuba aeroportlaridan rossiyalik sayyohlarni olib çiqiş uçun bir neçta maxsus reyslarni amalga oşiradi. Turoperatorlar baholaşiça, hozir Kubada taxminan 4000 nafar rossiyalik bor.

Bundan oldin energiya inqirozi sabab Kubaga parvozlarni boşqa xalqaro aviakompaniyalar ham töxtatgan edi. Oy boşida Kuba hukumati 9 fevraldan boşlab xorijiy samolyotlarni yonilği bilan ta’minlay olmasligini ma’lum qildi — bunga AQŞ yanvar oxirida joriy etgan neft blokadasi sabab böldi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Kubaga neft yetkazib berayotgan davlatlarga qarşi qöşimça bojlar kiritiş bilan tahdid qildi. Oq uy Kuba hukumati AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda va “döst bölmagan davlatlar” bilan hamkorlik qilmoqda, deb hisoblaydi. Tramp şuningdek, uning fikriça, Venesueladan neft yetkazib beriş töxtaganidan keyin Kuba “kollapsga yaqinlaşgan va qulaş ostonasida” turganini aytdi.

Köp yillar davomida Kubaga neftning asosiy yetkazib beruvçisi Venesuela bölgan. Eksport esa AQŞ 2025 yil dekabrda Venesuelaga nisbatan dengiz blokadasini joriy etgani ortidan töxtab qoldi. Venesuela nefti yuklangan oxirgi tanker Kubaga dekabr örtasida yuborilgan.

Energetik inqiroz şaroitida Havanadagi hukumat qat’iy tejamkorlik çoralarini qabul qildi. Mamlakat hukumati poyezd va avtobus reyslarining bir qismini bekor qildi, davlat muassasalarini esa tört kunlik iş haftasiga ötkazdi. Maktablar va universitetlar maşğulotlar sonini keskin qisqartirdi, köplab mehmonxonalar yopildi.

Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, Kuba kerakli yonilğining umumiy hajmidan faqat uçdan bir qismini mustaqil işlab çiqara oladi. Mamlakat hukumati samolyotlar Kuba aeroportlarida kamida kelgusi bir oy davomida yonilği quydirolmasligini taxmin qilmoqda.