O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha «yashil» yo‘lakka qo‘shilmoqchi
Elektr ta’minoti Kaspiy - Qora dengiz - Yevropa yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha «yashil» energetika yo‘lagiga qo‘shilishdan manfaatdor, deb xabar qildi Ozarboyjon Energetika vazirligi matbuot xizmati.
22 noyabr kuni Ozarboyjon Energetika vazirligi rahbari Parviz Shahbozov va Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto Yevropa davlatlariga elektr energiyasi eksporti masalasini muhokama qildi.
Xususan, Kaspiy-Qora dengiz-Yevropa energiya koridori bo‘ylab elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan.
Tomonlar, shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik Ozarboyjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Vengriya orqali o‘tadigan ko‘prik yaratishini ta’kidladi.
14 noyabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon vakillari Bokuda ekologik toza elektr energiyasini mamlakatlar hududlari orqali uchinchi davlat iste’molchilariga o‘tkazish loyihasini muhokama qildi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasini eksport qilishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
18:44 / 23.11.2024
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - Bloomberg
08:10 / 23.11.2024
3,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
15:54 / 22.11.2024
2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi
07:46 / 21.11.2024