Sport | 17:12 / 21.02.2018
9196
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi yoshi eng katta futbolchi qotillikni tashkil etishda gumonlanib ushlandi

Foto: Udmurtiya

Rossiyadagi yoshi eng katta professional futbolchi Vladimir Tumayev Ijyevskda hibsga olindi. Bu haqda «Udmurtiya» axborot agentligi xabar bergan.

Tadbirkor Rossiya chempionatidagi rasmiy o‘yinlarda ishtirok etgan va 2005 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga mamlakatdagi yoshi eng katta professional futbolchi sifatida kiritilgan. Uchrashuv o‘tkazilgan paytda u 59 yoshda bo‘lgan.

Tumayevni avvaldan shaxslar guruhi bilan til biriktirgan holda buyurtma asosida qotillikni tashkil etishda gumonlashmoqda. U 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid