Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya mehnat migratsiyasi sohasida qo‘shma dasturlarni kengaytiradi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Germaniya bundestagining "GFR – Markaziy Osiyo" parlament guruhi raisi o‘rinbosari ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya bundestagining "Germaniya – Markaziy Osiyo" parlament guruhi raisi o‘rinbosari Manfred Grund bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida parlamentlararo muloqotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Muzokaralar kun tartibidan turli daraja va shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga doir masalalar ham o‘rin oldi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
21:07 / 20.12.2025
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi
19:08 / 19.12.2025