Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi
Centrum Air reysi yarim soat Tbilisi xalqaro aeroporti uzra aylanib, texnik nosozligi sabab qayta qo‘ngan. Yo‘lovchilardan biri uchoqdaligida qattiq shovqin eshitilganini bildirgan. Hozirda samolyot texnik diagnostikaga olingan, yo‘lovchilar Toshkentga boshqa zaxira bort orqali keltirilgan.
Foto: Telegram / Oybeckxem07
19 iyun kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida Tbilisi-Toshkent yo‘nalishida uchishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilardan biri parvoz bilan bog‘liq muammo haqida yozib, post joyladi. Uning aytishicha, samolyot yarim soat aeroport ustida aylanib, reysini amalga oshira olmagan.
“Samolyot aeroportdan ko‘tarilganda qattiq shovqin chiqdi. Aeroport ustida 30 daqiqa aylanib, yana qayta qo‘ndik. Passajirlar qanot qismida yong‘in ham ko‘rishibdi. Bizga Toshkentdan boshqa samolyot jo‘natishar ekan”, – degan u.
“Uzbekistan Airports” AJning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni reys Centrum Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Tahririyat muxbiri bu haqda ma’lumot olish uchun aviakompaniya marketing bo‘limi bilan bog‘landi. Bo‘lim vakillari haqiqatan texnik nosozlik kuzatilganini, ammo samolyot qanotida yong‘in bo‘lmaganini ta’kidlashdi.
“Tbilisi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan C6222 reysi texnik nosozlik haqida tizim signalini olganidan so‘ng jo‘nagan aeroportiga qaytdi. Qo‘nish odatdagi tartibda amalga oshirildi. Hozirda havo kemasi texnik diagnostikadan o‘tkazilmoqda.
Yo‘lovchilarni Toshkentga yetkazish uchun zaxira bort allaqachon yo‘lga chiqarilgan. Centrum Air yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va kechikishlarni kamaytirish hamda parvozlarni imkon qadar qulay tashkil etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, – deyiladi aviakompaniya Telegram sahifasiga joylangan izohda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, C6222 Tbilisi – Toshkent reysi O‘zbekiston vaqti bilan tungi 3:00 da parvoz qilib, ertalab 7:00 da poytaxtga qo‘ngan. Hozircha texnik diagnostika natijalari ma’lum emas. Kompaniya vakili bu haqdagi ma’lumot oshkor qilinmasligi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
08:42 / 25.12.2025
SBU Qora dengizdagi yagona Il-38 samolyotiga zarar yetkazilganini ma’lum qildi
11:29 / 23.12.2025
Centrum Air samolyotidagi nosozlik tufayli yo‘lovchilar bir sutka Qozon aeroportida qolib ketdi
17:43 / 19.12.2025
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi
09:29 / 06.11.2025