O‘zbekiston | 08:23 / 19.09.2020
7362
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ustoz va murabbiylar kuniga ajoyib tuhfa – kinoteatrlarda ma'rifatparvar olim va murabbiy Ishoqxon Ibrat haqidagi film premerasi!

1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.

Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film qahramoni Sharq va G‘arbning o‘ndan ortiq davlatlarida bo‘lib, ularning tili va madaniyatini mukammal o‘rgangan. Faoliyati davomida Turkistonda dastlabki tovush metodiga asoslangan jadid maktablarining tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida katta e'tibor qozonadi. U noshir-matbaachi sifatida birinchilardan bo‘lib «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil qiladi va kitob nashrini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, Ishoqxon Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. Filmda Ishoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film rejissyori – Jahongir Qosimov. Ssenariy mualliflari – Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev, postanovkachi operator – Rustam Murodov, postanovkachi rassom – Doniyor Abdurahmonov, kompozitor – Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Rollarni Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar ijro etgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid