2017 yil 5 sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Töraqörğon tumanida Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab-internatni taşkil etiş töğrisida”gi 698-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qaror bilan:
• Işoqxon Ibrat majmuasi tarkibidagi Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktabni hamda Işoqxon Ibrat muzeyini Namangan davlat universiteti tizimiga ötkaziş;
• maktab-internat huzurida Namangan davlat universiteti tomonidan 7 ta xorijiy tilni örgatişga ixtisoslaşgan markaz taşkil etiş töğrisidagi takliflar ma'qullandi.
Eslatib ötamiz, ilgariroq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 208-son qarori bilan Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida atoqli ma'rifatparvar Işoqxon Ibrat nomidagi boğ, uning muzeyi va xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktabdan iborat «Işoqxon Ibrat majmuasi»ni taşkil etiş haqidagi taklif ma'qullangan edi.
Belgilanişiça, 2017-2018 öquv yilida maktab-internatning 7-10 sinflariga, 2018-2019 öquv yilidan boşlab 7- va 10- sinfiga 20 nafardan öquvçilar Davlat test markazi tomonidan ötkaziladigan çet tili va ona tili fanlaridan test sinovlari asosida qabul qilinadi.
Markazda esa maşğulotlar 7 ta til böyiça öquvçi-talabalar soni 10 nafardan oşmaydigan guruhlarda taşkil etiladi.
Şuningdek hujjatda nazarda tutilişiça, maktab-internat, markaz öqituvçilari va muzey xodimlarining oylik iş haqlariga 25 foiz miqdorida qöşimça ustamalar belgilanadi.
Hujjat 2017 yil 11 sentabrda kuçga kirdi.












