Joriy yilning 3 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi Işoqxon Ibrat nomidagi majmuani borib kördi. Mazkur kompleks davlat rahbari taşabbusi bilan taşkil qilingan, 2017 yilning iyulida prezident majmuaning quriliş jarayoni bilan tanişgan edi.
Işoqxon Ibrat mamlakatimizdagi ilk matbaaçilardan biri bölgan. U 1908 yilda Orenburgda litografik maşina xarid qilib, poyezdda uni Qöqonga olib kelgan, söngra tuyalar yordamida Töraqörğonga yetkazgan va öz uyida "Işoqiya" bosmaxonasini oçgan. Uşbu bosmaxona ötgan asrning 60-yillarigaça faoliyat yuritgan. Bu vaqt oraliğida u yerda köplab ilmiy-ma'rifiy kitoblar va monografiyalar, milliy gazetalar çop etilgan. Ularni tarqatiş uçun Farğona vodiysida önlab kitob dökonlari oçilgan.

13 milliard sömdan ortiq loyiha qiymatiga ega majmuada boğ, milliy uslubdagi ayvon, bosmaxona, favvora, muzey, şuningdek xorijiy tillarni örganişga ixtisoslaştirilgan 400 örinli maktab-internat joylaşgan.


Maktabda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari va ularning filologiyasi örgatiladi. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik aloqalari yölga qöyiladi. Öquv jarayonlariga xorijlik köngillilar ham jalb etiladi.




Muzeyda Işoqxon Ibratning hayot yöli va faoliyati tarixi bilan tanişiş mumkin.





















