Joriy yil 1 oktyabrdan "Öqituvçi va murabbiylar kuni" munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida "Özbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmining premerasi bölib ötadi. Film şoir, tarjimon, tarixçi va tilşunos olim, jadidçi Işoqxon Ibrat haqida bölib, unda olimning maşaqqatga boy hayot yöli tasvirlangan.   

Filmning katta premerasi 1 oktabr kuni qayta ta'mirdan çiqqan Alişer Navoiy nomidagi kinosaroyida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Filmda professional aktyorlar ansamblini öziga xos rollarda köriş mumkin. Ibrat Iskandariyadagi sayohatida ikki vatandoşiga yordam beradi. Ulardan biri hatto öz yurtini taşlab, Ibratning xizmatiga çoğlanadi. Bu rol Özbekistonda xizmat körsatgan artist, marhum san'atkor Abdurayim Abduvahobovning hayotlik çoğidagi sönggi ijrosi bölib qoldi. Şu bilan birga, marhum san'atkor, taniqli dublyaj aktyori Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğaybulla Hojiyevning ham sönggi rolini körişimiz mumkin.

Film rejissyori Jahongir Qosimov, ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yöldoşev, postanovkaçi operator Rustam Murodov, postanovkaçi rassom Doniyor Abdurahmonov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Filmda rollarni Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxöja Rasulov, Şahzoda Matçonova, Zulxumor Möminova va boşqalar ijro etişgan.

Reklama huquqi asosida