Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Finlandiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi
Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrif sanasi hozircha ma’lum emas.
2024 yil noyabr, Boku / Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston bilan Finlandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari Finlandiya prezidentining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik nuqtai nazaridan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024 yilda tovar ayirboshlash 24 foizga oshdi. 2022 yildan mamlakatimizda Finlandiyaning Nordic universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi, kimyo, energetika, konchilik, telekommunikatsiya va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniq loyihalarni tayyorlash uchun Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb 2024 yil noyabrida, Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
15:44 / 02.12.2025
Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi dipmissiyasini yakunlamoqda
14:49 / 26.11.2025
YeI Finlandiyaga nisbatan ortiqcha defitsit sababli jarima tartibini boshlamoqchi
13:06 / 17.11.2025
Finlyandiya prezidenti: Ukrainada tinchlik muzokaralari yil oxirigacha boshlanishi qiyin
09:58 / 03.11.2025