O‘zbekiston | 23:42 / 10.04.2018
13600
4 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun qanday imkoniyatlarni yaratadi?

Foto: UZEX.uz

2018 yil 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi.

Qabul qilingan qonun davlat xaridlari ochiqligini va shaffofligini hamda, bu sohada tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta'minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, davlat byudjyeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi.

Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, undan ikkitasi davlat xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan ta'minlanadi.

Qonun bilan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda birinchi bor yagona yetkazib beruvchida xaridni amalga oshirish kabi xarid tartib-taomili turi amaliyotga kiritilmoqda.

Hujjat davlat xaridlarini amalga oshirishning amaldagi tajribasini hamda, xalqaro tajribani, shu jumladan,  BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YuNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalarini, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar qonunchiligini hisobga olgan.

Qonundagi asosiy yangiliklar:

  • Davlat buyurtmachisining ikkita yangi kategoriyalari kiritilgan – “byudjyet” va “korporativ” buyurtmachilar;
  • Vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi belgilandi. Ilgari davlat xaridlari sohasida vakolatli organ mavjud emas edi;
  • Davlat xaridlarining barcha turlari uchun maxsus axborot portali joriy etilmoqda. Elektron do‘kon va auksionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron tizim orqali amalga oshiriladi;
  • Maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon orqali xarid etiladi. Byudjyet buyurtmachilari uchun -25 EKIH, yiliga 2500 EKIHdan ortiq bo‘lmagan holda, korporativ buyurmachilar uchun - 250 EKIHdan ortiq bo‘lmagan limitlar o‘rnatildi. Avval elektron savdo orqali birjada faqat 10-13 tovar, ish, xizmatlar guruhi ro‘yxatiga kirgan, 100 ming AQSh dollari qiymatigacha bo‘lgan faqat birinchi darajada zarur bo‘lgan tovarlar xarid qilingan;
  • Tanlov savdolari o‘rnatilgan mezonlarga javob beradigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari tanlov savdolarini o‘tkazish mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi;
  • Tender tanlovlari uchun sum limitlar o‘rnatilgan: byudjyet buyurtmachilari uchun – 6000 EKIH dan yuqori, korporativ buyurtmachilar uchun- 25000 EKIH dan yuqori. Ilgari tender savdolari 100 ming AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan summaga o‘tkazilgan;
  • Xarid qilish tartib-taomillari ustidan monitoring va nazorat tartibga solinmoqda.
  • Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tuzilayotgan Komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tadbiq etiladi. Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo va kelishmovchiliklar faqat elektron savdolar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid