Prezidentning “Davlat xaridlari tizimini takomillaştiriş va unda kiçik tadbirkorlik sub’yektlari iştirokini rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga köra, 2024 yil 1 sentabrdan elektron dökon vositasida davlat xaridlarini amalga oşirişda narx va boşqa şaroitlar teng bölgan hollarda, belgilangan mezonlarning biri asosida nogironligi bölgan şaxslar, xotin-qizlar va yoşlarning bandligini ta’minlagan kiçik tadbirkorlik sub’yektlarining takliflari ustunlikka ega böladi.

2024 yil 1 sentabrdan 2025 yil 31 dekabrgaça kiçik biznesga kömaklaşiş markazlari yordamida işlab çiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni suğurtalaş hamda xomaşyo va materiallarni sertifikatlaş xarajatlarining 50 foizigaça qismini, biroq BHMning 30 baravaridan (10 mln 200 ming söm) oşmagan miqdorda qoplab beriladi.

Şuningdek, 2024 yil 1 oktyabrdan davlat buyurtmaçilari tomonidan töğridan-töğri şartnomalar ular tuzilişidan oldin kamida 1 iş kuni, şuningdek, tender savdolari natijalariga köra rasmiylaştirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylaştiriş orqali kamida 2 iş kuni davomida jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi. Bu davlat xaridlari tizimini yanada takomillaştiriş va uşbu tizimda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadida amalga oşirilmoqa.

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 sentabrdan:

– ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan xöjalik jamiyatlari, şuningdek, ularning tarkibidagi xöjalik jamiyatlari kuzatuv kengaşlarining davlat xaridlari yillik va çoraklik reja-jadvallari hamda import qiliş rejalaştirilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxatlarini tasdiqlaş böyiça qarorlari muhim fakt sifatida oşkor qilib boriladi;

– davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmaçilarning işlab çiqariş faoliyati uçun zarur böladigan tovarlarni mahalliylaştiriş orqali kooperatsiya aloqalarini yölga qöymoqçi bölgan yuridik şaxslar tomonidan öz takliflarini beriş imkoniyati yaratiladi.

Bundan taşqari, 2024 yil 1 oktyabrgaç