Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 20 avgust kuni bölib ötgan majlisda «Davlat mudofaa buyurtmasi töğrisida»gi qonunni uçinçi öqişda qabul qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Qonun loyihasi «maqsad va vazifalarni belgilaş, uni şakllantiriş va amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişning yagona huquqiy mexanizmini yaratiş, davlat organlarining vakolatlarini aniqlaştiriş va ularning özaro munosabatlarini tartibga soliş zarurati»dan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan.
Hujjat xavfsizlikni ta’minlaş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş bilan boğliq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari böyiça munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.
Qonun loyihasida davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi asosiy tuşunçalar, maqsad va vazifalar, sohani davlat tomonidan tartibga soliş, davlat mudofaa buyurtmasini şakllantiriş va amalga oşiriş, maxfiylik tartib-taomillarini belgilaş nazarda tutilgan.
Hujjatni işlab çiqiş prezidentning 2023 yil 31 yanvardagi farmonida nazarda tutilgandi. Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligiga qonun loyihasini işlab çiqib, 1 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirilgan.












