O‘zbekiston | 12:04 / 20.09.2021
15916
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida havo harorati yana ko‘tariladi - «O‘zgidromet»

Bugun ertalab O‘zbekiston aholisi mamlakatga janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan salqin havoni his qildi. Quruq, ammo salqin havo massasi kirib kelishi harorat fonining iqlimiy me'yorlargacha pasayishida aks etdi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida harorat 26-29 daraja issiqni, shimolda 22-25 daraja issiqni, respublika janubida 32-35 daraja issiqni tashkil etadi. Respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Haftaning katta qismida respublika bo‘yicha asosan shunday quruq va salqin ob-havo hukmronlik qiladi. Havo harorati kechalari 10-15 daraja iliq, kunduz kunlari 26-31 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha sentabr oyi oxiri uchun xosdir.

Hafta oxiriga borib, antitsiklon periferiyasi Qozog‘iston hududiga chekina boshlaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va hafta oxiriga 32-35 daraja issiqni tashkil etadi.

24 sentyabr kuni respublika shimolida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid