O‘zbekiston | 12:43 / 20.06.2024
10361
1 daqiqa o‘qiladi

Magistratura va doktorantura uchun talab qilinadigan chet tili sertifikatlari ro‘yxati tasdiqlandi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi magistratura va doktoranturaga kirishda talab qilinadigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxatlarda mutaxassislikka qarab qaysi yo‘nalish uchun B1, B2, C1 sertifikatlari qabul qilinishi belgilangan.

Magistratura uchun to‘liq ro‘yxat bilan bu yerda, doktorantura uchun to‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq qabulga oid prezident farmoni e’lon qilingan edi. Unda OTM magistraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab pasaytirilishi ma’lum qilingandi. Ungacha filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilingan.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid