Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘qituvchilaridan B2 til sertifikatini talab qilish muddati 2026 yilgacha uzaytirildi
Endi til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari 2025 yil yakuniga qadar ishini davom ettirishi mumkin. Ammo xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi o‘zgarmadi.
Foto: O‘zA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan maktablarda xorijiy til o‘qituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qilish muddati 2026 yilgacha uzaytirildi.
Qayd etilishicha, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar 2025 yil yakuniga qadar (joriy o‘quv yilining 1- va 2-choragi davomida) ishini davom ettirishi mumkin.
Endi chet tili o‘qituvchilaridan yil yakuniga qadar chet tili bo‘yicha milliy hamda xalqaro sertifikat imtihonlarida ishtirok etishi to‘g‘risida tilxat olinadi.
Shuningdek, sertifikatga ega o‘qituvchilar uning amal qilish muddati o‘quv yili davomida tugaydigan bo‘lsa, ularga o‘quv yili oxiriga qadar ishlash imkoniyati beriladi.
Buyruqqa muvofiq, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari 1 dekabriga qadar sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qarori bilan, 2024−2025-o‘quv yiligacha maktab, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bu talabni bajarmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki B2 sertifikati bo‘lmagan o‘qituvchilar ishga qabul qilinmasligi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:33 / 04.12.2025
Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
08:48 / 01.12.2025
Endi bog‘cha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatdan o‘tadi
09:26 / 28.11.2025
TDYuUda 3 yillik maxsus dastur va huquq fanidan sertifikat joriy etiladi
21:01 / 19.10.2025