Rinotin kids mahsulotini sotib olganlarga pullari qaytarib beriladi – Sanepidqo‘mita
Rinotin kids siropi dorixonalardan yig‘ib olinyapti. Mahsulotni sotib olganlar ishlab chiqaruvchi bilan bog‘lanib, pullarini qaytarib olishlari mumkin.

Rinotin kids siropini sotib olganlardan biri uni ishlab chiqaruvchiga qaytarib berish imkoniyati bor yoki yo‘qligi bo‘yicha tahririyatga murojaat qildi. Kun.uz holat bo‘yicha ma’lumot olish uchun Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish profilaktikasi maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.
Cynergy Pharmco mas’uliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari va dorixonalardagi Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Rinotin kids sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig‘i berilib, ijrosi nazorat ostiga olingan, deb qo‘shimcha qilgan Sanepidqo‘mita.
Shuningdek, mas’ullar Rinotin kids mahsulotlarni sotib olgan fuqarolar Cynergy Pharmco mas’uliyati cheklangan jamiyatining mas’ul xodimi bilan +998-88-101-44-15, +998-55-520-07-37 telefon raqamlari orqali bog‘lanib, uni qaytarib berishlari va to‘langan pullarini qaytarib olishlari mumkinligini ma’lum qildi.
“Mas’ul xodimlar tomonidan fuqarolar uylariga borgan holda ham xizmat ko‘rsatiladi”, – deyiladi qo‘mita xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasi bilan bog‘liq xabarlardan keyin mahsulotga berilgan ruxsatnoma bekor qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

12:38 / 12.02.2025
“Umra va Haj ziyoratchilaridan meningitga emlanish sertifikati talab qilish bekor qilinmagan” – Sanepidqo‘mita

18:12 / 06.01.2025
“Metapnevmovirus umuman yangi emas, vahimaga o‘rin yo‘q” – mutaxassis tarmoqlardagi sarosima haqida

09:35 / 06.01.2025
Sanepidqo‘mita metapnevmovirus infeksiyasi to‘g‘risida ma’lumot berdi

17:30 / 26.11.2024