Sanepidqömita tomonidan «Rinotin kids» biologik faol qöşimçasini Özbekiston hududida sotiş uçun berilgan ruxsatnoma bekor qilindi. 

Qayd qilinişiça, bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlaniş holatlari kelib çiqişining oldini oliş maqsadida qabul qilingan. Ammo, Sanepidqömita qanday asosga köra ruxsatnomani bekor qilganiga oydinlik kiritilmagan. 

Avvalroq, Sanepidqömita uşbu biologik faol qöşimça Italiyada işlab çiqarilgani, uni Özbekistonga olib kiriş uçun «Gricar Chemical S.R.L» kompaniyasi işonçnomasiga binoan Cynergy Pharmco korxonasiga ruxsatnoma berilgani, şuningdek, mazkur mahsulotga xavfsizligini tasdiqlovçi Sanitariya-epidemiologik xulosa olingani haqida xabar bergan edi. 

Ta’kidlanişiça, Cynergy Pharmco korxonasiga barça savdo tarmoqlari hamda dorixonalardan «Rinotin kids» sirop mahsulotini qaytarib oliş topşiriği berilgan. Korxona tomonidan 28 ta dorixonadan mahsulot qaytarib olingan.