O‘zbekiston | 13:56 / 18.02.2019
31764
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtomobillarni ro‘yxatga olish DXAga topshiriladi 

Foto: IIBB  matbuot xizmati

Toshkent ShIIBB YHXB 2019 yil 1 apreldan avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olishni Davlat xizmatlari agentligiga topshiradi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

IIBBdan ma'lum qilishlaricha, 1 apreldan yangi avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tish davlat raqam belgilarini olish uchun Toshkentdagi 11 ta «Yagona darcha»dan istalgan biriga murojaat qilish mumkin.

Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish hozircha YHXB ixtiyorida qoladi.

Mavzuga oid