Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlik litsenziyasi uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha stajga oid talab bekor qilinadi
Advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish mo‘ljallanmoqda.
Foto: Shutterstock
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, “mustaqil advokatura konsepsiyasi” asosida advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bunda, advokatning protsessual maqomi kuchaytiriladi. Advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga oid talab bekor qilinadi. Oliy yuridik ma’lumotli shaxslarga 3 oylik stajirovkadan keyin advokatlik imtihonini topshirish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, oliy yuridik ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ishlash huquqi beriladi.
Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Bunda:
- oliy yoki hududiy malaka komissiyasi qarori asosida advokatlik litsenziyasini “Lisenziya” axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi;
- advokatlar, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “Yuridik yordam” elektron tizimi yaratiladi;
- advokatning protsessda ishtirokini ta’minlashni soddalashtiruvchi “Elektron advokat orderi” joriy etiladi.
Mavzuga oid
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
08:20 / 22.12.2025
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi
08:50 / 18.12.2025
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi
11:13 / 17.11.2025