Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Narxoz» qoshida bog‘cha va maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Foto: usue.ru
Prezidentning “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga davlat-xususiy sherikchiligi asosida Universitet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi, ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish vazifasi yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda universitetda tayanch doktorantura uchun qabul parametrlarini ikki martaga oshirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taklifiga muvofiq Vasiylik kengashi tarkibiga kirgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va xo‘jalik birlashmalarida universitetning sohaga oid tegishli kafedralari filiallarini tashkil etishga rozilik beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Universitetda o‘qish uchun qabul qilingan xorijiy talabalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy-nazariy ma'ruzalar o‘qish, dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun taklif etiladigan chet ellik professor-o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarini davlat bojlarini to‘lashdan ozod etgan hamda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda berilishi va uzaytirilishini, O‘zbekiston Respublikasidagi vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025