O‘zbekiston | 23:41 / 10.10.2025
67563
3 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr o‘ziga o‘xshamayapti

O‘zbekistonning katta qismida 5 oydan buyon aytarli yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Qurg‘oqchil davr joriy oktyabrda ham davom etadigan ko‘rinadi. 2025 yilning aprel-sentabr oylarida ayrim hududlarda shu davrda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘ingarchilik normasining atigi 10-20 foizi yog‘di. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Respublikaning boshqa bir katta qismida esa me’yorning 50 foizidan kam yog‘in yerga tushdi. Faqatgina vodiy va shimoliy hududlarda me’yorga yaqin yog‘inlar bo‘lgan. Xivada esa bahor oylaridagi yog‘ingarchilik anomaliyasi hisobiga ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi.

Joriy oktyabr oyi ham quruq o‘tishi tobora oydinlashmoqda. G‘arbdan kirib kelishi kutilayotgan nam havo oqimlari faqat shimol hududlari orqali Qozog‘istonga chiqib ketishi ma’lum bo‘lib bormoqda. Oktyabr oyi so‘ngiga qadar mintaqaga haroratni keskin pasaytirib yuboruvchi sovuq havo oqimlari kirib kelishi bo‘yicha ham ishoralar mavjud emas.

Kelyotgan dam olish kunlari va yangi hafta boshlarida joylarda yuqori harorat kutilmalari: janubiy viloyatlarda dushanba-seshanba kunlari harorat maksimumlari +35 darajagacha yetishi mumkin. Kelayotgan hafta o‘rtalarida respublikada harorat hafta boshlariga nisbatan 5-8 darajaga pasayadi. Ammo bu sezilarli salqinlik degani emas, balki o‘tmishdagi oktyabr o‘rtalariga xos iqlimiy muhitdir. Umuman olganda, shimol va tog‘larni hisobga olmasa, kelayotgan 15 kunlikda respublika bo‘ylab yog‘inli kunlar prognoz qilinmayapti.

Tinch okeani markazida La-Ninya hodisasi allaqachon rivojlanib bo‘lgan va u hozirda o‘zining faol bosqichida, u dunyo iqlimini belgilab bermoqda. Jahon xalqaro iqlim markazlari prognozlariga ko‘ra, mart oylariga qadar bu fenomen o‘zining faol bosqichida bo‘ladi. Shunday ekan, qish oylari, balkin kelgusi yilning bahor mavsumi boshlang‘ich oyi ham kamyog‘in – quruq o‘tishi tobora aniq bo‘lmoqda.

Mavzuga oid