Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan o‘zbekistonliklarning 2 nafari bolalar bo‘lgan
Tashqi ishlar vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 16 oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastidagi YTHda halok bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarolarining 2 nafari voyaga yetmagan bolalar. Bundan tashqari YTHda jabrlanib shifoxonaga tushgan 4 kishidan 2 nafari ham bolalar. Ular Rossiyadan O‘zbekistonga 10 kishilik minivenda qaytayotgan bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
16 oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida sodir bo‘lgan ayanchli YTH oqibatida O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Jac rusumli miniven chegaradagi o‘tish joyida, yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga kelib urilgan YTHda, shuningdek, yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizilgan edi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, YTHda halok bo‘lganlarning 2 nafari hamda shifoxonaga tushgan jabrlanuvchilarning 2 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
“Hozirgi kunda 6 ta mayitning qarindoshlari bilan aloqaga chiqilgan, ular Qozog‘istonga kelyapti. Jasadlarni shaxsiga aniqlik kiritish protseduralari yakuniga yetmoqda, ular 1-2 kun ichida O‘zbekistonga qaytariladi. Vafot etganlar barchasi Xorazm viloyatidan, shuningdek, ularning 2 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.
Ayni vaqtda kasalxonada bo‘lib turgan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosining (2 nafari bolalar) ahvoli yaxshi, ularga barcha yordamlar ko‘rsatilyapti. Ular sog‘ayishi bilan O‘zbekistonga qaytariladi. O‘zbekistonning Aqtou shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratiga olgan hamda mahalliy hokimiyat vakillari, jabrlanuvchilarning oila a’zolari bilan aloqada bo‘lib turibdi”, — deyiladi TIV taqdim qilgan ma’lumotda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

20:17 / 02.05.2025
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi

01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi

10:12 / 01.05.2025
Buxoroda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Aeolus haydovchisi vafot etdi

22:33 / 30.04.2025