Joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 15:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasida Nexia-3 va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohat olmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIBB barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.