Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun hujjatlar topshirish Oliy ta'lim vazirligi sayti orqali amalga oshiriladi
Magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Foto: Getty Images
Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, magistraturaga hujjatlar 2020 yil 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Shuningdek, qaror bilan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratildi.
Mavzuga oid
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
18:20 / 31.08.2025