Jahon | 14:48 / 15.10.2018
34996
4 daqiqa o‘qiladi

2030 yilga kelib paydo bo‘ladigan yangi kasblar 

Foto: Unsplash

Kelajakka nazar tashlashni va kelgusida qanday kasblar paydo bo‘lishi mumkinligini bilmoqchimisiz? U holda ilgari IBM injyeneri bo‘lgan va hozirda Da Vinchi instituti ijrochi direktori bo‘lgan Tomas Frey tuzgan ro‘yxat bilan tanishing.

Dronlar dispetcheri (Drone Dispatcher) — dronlar mahsulot, suv va taom tashiydi, hududni va suv havzalarini chiqindilardan tozalaydi, atrof-muhitni kuzatadi. Dronlarning ish faoliyati kengaygani sari ularni boshqaruvchi dispetcherlarga bo‘lgan talab oshadi.

Kvant hisob-kitoblar bilan shug‘ullanuvchi (Brain Quants) — birja savdolari uchun murakkab matematik uslublardan foydalanuvchi mutaxassis.

Gravitatsiyani yenguvchi (Gravity Puller) — gravitatsiyaga ta'sir qiluvchi kodni buzuvchi dastlabki kishilar.

Vaqt xakeri (Time Hacker) — umr ko‘rish davomiyligini boshqaruvchilar.

Vaqt brokeri (Time Broker) — vaqt bilan savdo qiluvchi bankir.

Tabiat injyeneri (Tree-Jacker) — o‘simlik va daraxtlarni o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis. U dasturlangan daraxtlar yaratish, ularning barglari, shakli, mevasi va rangini o‘zi istagan ko‘rinishga keltirish bilan shug‘ullanadi. 

Biolog-psixolog (Plant Psychologist) — tabiat injyenerlarining faoliyati keltirishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish bilan shug‘ullanadi.

Jonivorlarni klonlashtiruvchi (Extinction Revivalist) — yo‘qolib ketgan jonivorlarni qayta tiriltirish bo‘yicha mutaxassis.

Klonlashtirish bo‘yicha fermer (Clone Rancher) — kelajakda odamlar xuddi uy jonivorlari singari fermalarda ko‘paytiriladi.

Tana qismlarini ishlab chiqaruvchi (Body Part & Limb Maker) — inson organlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

O‘simliklar tarbiyachisi (Plant Educator) — «aqlli» o‘simliklar talabga qarab o‘zgaradi. 

Lab dizayneri (Lip Designer) — labni istalgan shaklga keltiruvchi mutaxassis.

Xotira bo‘yicha terapevt (Memory Augmentation Therapist) — yoqimli xotiralar bo‘yicha mutaxassis. 

Amneziya xirurgi (Amnesia Surgeon) — yomon xotiralarni miyadan olib tashlaydigan mutaxassis.

Nano-qurolsoz (Nano-Weapons Specialists) — kelajakda qurollar shu darajada kichiklashib ketadiki, uni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi.  

Kosmik energiya tizimi konstruktori (Space-Based Power System Designer) — kelajakda energiya tabiat resurslarini yoqish orqali emas, balki kosmosdan olinadi. 

Geoinjyener (Geoengineer) — ob-havoni nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis.  

Zilzilani bashorat qiluvchi (Earthquake Forecaster) — yer qimirlashini oldindan aytuvchi mutaxassis. 

Energiyani saqlash tizimi mutaxassisi (Mass Energy Storage Developer) — bugungi kunda biz elektr energiyasini ishlab chiqara olamiz, ammo uni ertangi kun uchun saqlash yo‘lini bilmaymiz. Kelgusida ishlab chiqarilgan energiyani omborlarda saqlash yo‘li topiladi.  

Siqilgan havo injyeneri (“Heavy Air” Engineer) — havoni siqish yo‘li orqali qurilish va transport infrastrukturasida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Robot chuvalchanglar (Robotic Earthworm Drivers) — robot chuvalchanglar chiqindilarni tuproqqa aylantirish bilan shug‘ullanadi.  

Tomas Freyning fikricha, bular kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasblarning bir qismi xolos. 

Mavzuga oid