Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu bandlarda maksimal 5 yilga ozodlik mahrum qilish jazosi berilishi nazarda tutilgan.
Foto: Videodan kadr
Avvalroq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni oyoq kiyimi bilan urgani va u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqida xabar bergandik.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, tarbiyachi K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni shippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgan.
Ishchi guruh tomonidan holat o‘rganilganda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan ayol G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘cha tarbiyachisi ekani aniqlangan. 2024 yil 19 iyun kuni tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
O‘zbekistondagi bog‘chalarda tarbiyachilarning bolalarga kuch ishlatishi va qiynashi tez-tez uchrab turadi. Avvalroq, Chirchiqda bog‘cha tarbiyachisi bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygandi.
Toshkentda tarbiyachi bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, qo‘lini ko‘kartirgan, boshqa bir tarbiyachi bolani urib, haqoratlagan, Xorazmda bolalarning yuziga urgan va ularning qo‘llariga igna sanchgandi.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
14:14 / 02.12.2025