Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi
“Lochin” rusumli mototransport vositasi tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlandi.
Foto: DXX
DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga chiqib ketayotgan “Lochin” rusumli mototransport vositasi tegishli tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik chog‘ida uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln so‘mni tashkil etuvchi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
14:10 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi
20:44 / 26.03.2026