Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdi.
Tojikiston prezidentining davlat tashrifi doirasida 26 mart kuni Toshkent shahrida ushbu mamlakat elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdi.
Yetakchilar elchixona va konsullik bo‘limining ma’muriy binolari, elchi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun turar-joylarni o‘z ichiga olgan majmuani ko‘zdan kechirdi.
Marosim yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.






Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:36 / 21.05.2026
Tojikiston va O‘zbekiston chegara hududlarida mobil aloqani yaxshilaydi
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
17:51 / 13.05.2026