O‘zbekiston | 10:52 / 10.01.2023
9545
2 daqiqa o‘qiladi

Bir qator mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi

Toshkent aeroportida 5 ta reys parvozi kechiktirildi. Ayrim reyslar bekor qilindi.

Toshkent aeroportida bir qator yo‘lovchi reyslari parvozi kechiktirildi. Uzbekistan Airports ma’lumotida aytilishicha, bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

Kechiktirilgan reyslar ro‘yxati:

  • HY9685 Toshkent - Sochi mahalliy vaqt bilan 10:12 da jo‘nab ketdi;
  • HY011 Toshkent - Nukus mahalliy vaqt bilan 10:30 ga qoldirildi;
  • TK369 Toshkent - Istanbul mahalliy vaqt bilan 10:35 ga qoldirildi;
  • HY271 Toshkent – Istanbul qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 ga qoldirildi;
  • HY065 Toshkent - Termiz mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qoldirildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi «Andijon — Samarqand — Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilinganini ma’lum qildi.

Shuningdek, «Buxoro — Namangan — Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan.

HY091/HY092 «Toshkent — Andijon — Toshkent» reysi esa o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways HY9605 «Samarqand — Moskva», HY639 «Samarqand — Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi reyslarni ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.

Shuningdek, Flydubai aviakompaniyasining «Samarqand — Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi soat 19:00 ga ko‘chirildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Mavzuga oid