Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
Toshkent viloyatida ayol farzandlari uchun 18 yoshgacha to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentni birdan to‘lab berdi.
Foto: MIB
Toshkent viloyatida aliment to‘lash bilan bog‘liq rekord qayd etildi, deb Kun.uz’ga xabar berdi Majburiy ijro byurosi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent tumanida ayol 3, 4 va 6 yoshli farzandlari ta’minoti uchun 18 yoshgacha bo‘lgan aliment qarzdorligini to‘lash istagini bildirgan. Boisi ayol davolanish uchun chet elga chiqishi kerak bo‘lgan. Alimentdan qarzdorligi va shu sababli MIB taqiqi bo‘lgani uchun ayol davolanishga keta olmayotgan bo‘lgan.
Uch nafar farzand uchun 2039 yilgacha aliment to‘lovi 1 mlrd 748 mln 902 so‘m etib hisoblangan va ushbu summa undiruvchiga topshirilgan.
Bundan avvalroq buxorolik erkak ikki sobiq xotiniga farzandlari ta’minoti uchun 810 mln so‘mdan ortiq alimentni to‘lab bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026