Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dala chetlarida ekin ekmaganlarga jarima va oshirilgan soliq qo‘llanadi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarining dala chetlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan maydonlarda maqbul ekin ekish talablariga rioya etmaganlar javobgarlikka tortiladi.
Foto: cotton-council.uz
Yangi qonun (O‘RQ–1128-son, 2026 yil 13 aprel) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida belgilangan maydonlar va muddatlarda maqbul ekin ekish talablariga rioya etilmagan taqdirda jarima qo‘llanadi.
Bunda huquqbuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Shuningdek, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi har yili 1 mayga qadar maqbul ekin ekilmagan yer uchastkalari hamda ularning mulkdorlari (egalari) haqidagi ma’lumotlarni davlat soliq organlariga elektron shaklda taqdim etadi.
Mazkur ma’lumotlar asosida esa maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasining qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:13 / 15.04.2026
Oltita qurilish kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
09:58 / 08.04.2026
Xorazmda haykalni o‘pgan ayol jarimaga tortildi
13:16 / 26.03.2026
Markaziy bank 11 ta tijorat bankini jarimaga tortdi
13:22 / 23.03.2026