Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi. Avvalgi rahbar Dmitriy Pan qamoqqa olingandi
Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, polkovnik Hasan Orzudinovich Botirov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimini egalladi.
Hasan Botirov ushbu tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Ichki vazifalar qo‘shinlari Korpusi qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste'mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2019 yil 23 noyabr kuni Dmitriy Pan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
19:02 / 01.04.2026