IIV Qorovul qöşinlari sobiq qömondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura rasmiy bayonotida aytilgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni IIV Qorovul qöşinlari sobiq qömondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste'mol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2019 yil 23 noyabr kuni Dmitriy Pan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, Toşkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot çorasi sifatida “qamoqqa oliş” qöllanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 22 noyabr kuni IIV Qorovul qöşinlari qömondoni sifatida işlab kelgan general-mayor Dmitriy Valereviç Pan işdan olingani xabar qilingandi.
Şuningdek, içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari polkovnik Muhiddin Jörayev va IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği polkovnik Baxtiyor Pormonov ham lavozimidan ozod qilindi.








