Jahon | 00:48 / 19.06.2020
14041
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy koronavirusdan vaksinani birinchi navbatda Afrikaga berishga va'da berdi

Foto: REUTERS

Xitoy raisi Si Tszinpin koronavirusdan vaksina ishlab chiqilgandan keyin uni birinchi navbatda Afrika davlatlariga berishga va'da berdi.

“Xitoy koronavirusdan vaksina ishlab chiqilib, qo‘llanishi boshlangandan keyin Afrika davlatlari ushbu vositadan foydalana oladiganlar orasida birinchilardan bo‘lishiga va'da beradi”, deb aytgan Si Tszinpin. Xitoy raisi buni Xitoy va Afrikaning koronavirusga qarshi birgalikdagi kurashi bo‘yicha videoanjuman shaklida o‘tkazilgan sammitida ma'lum qilgan.

Si Tszinpinning ta'kidlashicha, Pekin Xitoy-Afrika do‘stligi gospitallari qurilishini tezlashtiradi va Xitoy hamda Afrika shifoxonalari hamkorligini faollashtiradi.

Avvalroq Xitoy koronavirusdan vaksinani butun dunyoga berishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid