Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari belgilandi
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rishga mas'ul hisoblanadi.
Nazorat tuzilmalari tashkilotning birinchi rahbariga bo‘ysunadi va tuzilma rahbarlarini ozod etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishiladi.
Nazorat tuzilmalarining asosiy vazifalari, jumladan, quyidagilar hisoblanadi:
- tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta'minlash va nazorat qilish.
Mavzuga oid
15:57 / 29.12.2025
Toshkentda kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
00:03 / 28.12.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati bekor qilinadi
17:11 / 27.12.2025