Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan.
Foto: Toshshahartransxizmat
Toshkent shahrida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming nafar yo‘lovchi jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Transport vazirligi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 1–10 dekabr kunlari 38- va 46-avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilishi natijasida avtobusda chiptasiz yurgan 238 nafar yo‘lovchi aniqlandi va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
O‘n kun davomida yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda avtobusda chiptasiz yurgan 2 966 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilgan.
“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan.
Shu sababli Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berilgan.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025