O‘zbekiston | 12:30 / 24.10.2017
10648
2 daqiqa o‘qiladi

«​Yagona darcha»​dan elektron raqami imzolar kaliti va sertifikatini olish mumkin

O‘zbekistonda tadbirkorlarga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari xodimlarini elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, ularni elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibotiga tizimli ravishda o‘qitish ta'minlanadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «​Tadbirkorlik sub'yektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»​gi qarorida shunday deyiladi.

Ma'lumot uchun, bungacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolangan PQ-2412 sonli qarorning 17 pozitsiyasida «​barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta'minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish»​ nazarda tutilgandi. Qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish bilan endilikda «​elektron raqamli imzolar sertifikati»​ ham berilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid