2018 yil 1 yanvardan boşlab «Yagona darça» markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, mazkur özgariş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi Farmoni bilan belgilangan. Farmonga köra Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari quyidagilar:

jismoniy va yuridik şaxslarga «yagona darça» tamoyili böyiça, şu jumladan olis joylarga çiqqan holda davlat xizmatlari körsatiş;

davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, şaffofligi, qulayligi va foydalaniş imkoniyatini ta'minlaş, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boşqa ma'muriy tösiqlarga yöl qöymaslik;

idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari körsatiş uçun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olişni ta'minlovçi elektron hamkorlikni amalga oşiriş;

davlat xizmatlari körsatişda jismoniy va yuridik şaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etiş;

vakolatli davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan davlat xizmatlari körsatişda qonun hujjatlari va ma'muriy reglamentlar talablariga rioya etilişini ta'minlaş.