2017 yilning 9 iyunida “Xalqaro arxivlar kuni” tadbirlari doirasida Toşkent şahar davlat arxivining Uçtepa tuman filiali binosida “Yagona darça” tamoyili asosida faoliyat yurituvçi “Arxiv xizmatlarini körsatiş markazi” ni oçiliş marosimi bölib ötdi.
Markazning asosiy maqsadi - fuqarolar va tadbirkorlarning Toşkent şahrining turli çekkalarida joylaşgan arxivlarga borişdagi ovoragarçiligini oldini olişdir.
Sönggi yillarda respublika arxiv muassasalariga jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan kelayotgan murojaatlar soni tobora ortib bormoqda. Birgina 2015 yilda davlat arxivlarining öziga 191 252, 2016 yilda - 209 429, 2017 yil 1-çoragida 68 482 murojaat kelib tuşdi.
Arxivlarga şaxsan taşrif buyurgan fuqarolar soni 2015 yilda - 153 376 nafar, 2016 yilda - 175 006 nafar, 2017 yil 1-çoragida – 61 407 nafarni taşkil etdi. Kelib tuşgan sörovlarning uçdan bir qismi, ya'ni 35% Toşkent şahar hududida joylaşgan 5ta arxiv muassasalariga töğri kelmoqda. Toşkent şahar hududidagi arxivlarga taşrif buyuruvçi fuqarolarning soni 2016 yilda - 19 600 nafar va 2017 yil 1-çoragida - 8300 nafardan ortiqni taşkil etdi.

Ayni vaqtda Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan Özbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Özbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Toşkent viloyat davlat arxivi, Toşkent şahar davlat arxivi va Toşkent şahar Idoralararo şaxsiy tarkib hujjatlari markaziy arxivlariga kelib tuşayotgan jismoniy va yuridik şaxslarning sörov va murojaatlarini bir joyda qabul qiliş, qayta işlaş, ijroçilarga yuboriş, ijrosini nazorat qiliş, tayyorlangan arxiv ma'lumotnomalarini öz egalariga taqdim etiş işlari yangi oçilgan markazda amalga oşiriladi. Şuningdek, Markaz mutaxassislari tomonidan fuqarolarga arxiv fondlari, taşkilotlarning hujjatlari saqlanayotgan joy manzili töğrisida tezkor ma'lumotlar beriladi.
2017 yilda respublika arxiv muassasalariga 1700 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari hujjatlari qabul qilindi. Toşkent şahar segmentida 5ta arxiv mavjudligi sababli tadbirkorlik sub'yektlari hujjatlarini arxivga topşiriş uçun arxivlarning ixtisosligini bilmaganligi bois sansalor bölişiga töğri kelar edi. Endilikda esa markaz mutaxassislari tomonidan Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining arxiv hujjatlarini markazlaşgan holda davlat saqloviga qabul qiliş işlari ham amalga oşiriladi. Mulkçilik şaklidan qat'iy nazar taşkilotlarga uşbu markaz xizmatidan foydalanib, arxiv hujjatlarini saqlovga yoki depozitar saqlovga topşiriş imkoniyati yaratildi.


















