QHTBT portalida Tadbirkorlik sub'yektlariga “yagona darça” tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş böyiça yagona markazlar orqali elektron raqamli imzolarni röyxatga oliş va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini beriş tartibi töğrisida nizom taqdim etilgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Nizom barça davlat xizmatlari va tijorat banklari xizmatlaridan erkin foydalaniş imkoniyatini ta'minlaş uçun ERI kalitlarini röyxatga oliş va sertifikatlarni beriş tartibini belgilaydi.
Ma'lumot uçun: ERI – bu elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus özgartiriş natijasida hosil qilingan hamda ERIning oçiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yöqligini aniqlaş va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qiliş imkoniyatini beradigan imzo.
Murojaat qiliş tartibi
Tadbirkorlik sub'yektlari-yuridik şaxslar va jismoniy şaxslar (ariza beruvçilar) şaxsan kelib yoki poçta aloqasi orqali, şuningdek YaIDXP orqali elektron şaklda “yagona darça” yagona markaziga murojaat qilişlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari lozim böladi:
• ariza;
• şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport, fuqaroligi bölmagan şaxsning guvohnomasi);
• ERI kalitlarini va sertifikatini elektron hujjat şaklida yoziş va saqlaş uçun özga manba.
Eslatib ötamiz, “yagona darça” yagona markazlari tuman (şahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatdan ötkaziş inspeksiyalari negizida taşkil etilgan.
Röyxatga oliş bosqiçlari
Uşbu tartibot algoritmi quyidagiça böladi:
• “yagona darça” arizani röyxatdan ötkazadi va 30 daqiqa içida uni elektron formatda vakolatli organga yuboradi;
• vakolatli organ 1 iş soati mobaynida arizani körib çiqadi va ERI kalitlari va sertifikatini röyxatga olişni rasmiylaştiradi, şundan söng natijani “yagona darçaga” elektron formatda yuboradi;
• markaz 1 iş soati içida ariza beruvçini xabardor qiladi va barça zarur hujjatlarni rasmiylaştiradi;

















