Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
Buvi va nabirasi halok bo‘lgan, yana 12 kishi yaralangan.
22 aprelga o‘tar kechasi Ukraina dronlarining Samara oblasti Sizran shahriga hujumi oqibatida to‘rt qavatli uy pod’yezdi vayron bo‘ldi.
Qutqaruvchilar xarobalar ostidan ikki kishining jasadini topishgan, FVV bu keksa yoshli ayol va bola ekani haqida xabar bergan. Keyinroq Mash telegram-kanali aniqlik kiritib, bular bitta kvartirada yashagan buvi va nabira bo‘lganini ma’lum qildi. Yana 12 kishi jarohatlangan, shundan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qutqaruvchilar xarobalar ostidan yana to‘rt kishini, jumladan, bir bolani xarobalar ostidan tirik holda chiqarib olishgan. Uydan jami 39 kishi evakuatsiya qilingan, rasmiylar ular uchun vaqtinchalik joylashtirish punkti tashkil etishga va’da bergan. Hozirda qidiruv ishlari yakunlangan.
RF tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish ochdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, Sizranda jami 11 ta dron hujumi qayd etilgan.
Mash va Baza manbalari dronlardan yana biri o‘n qavatli turar joy binosiga borib urilganini xabar qilgan. Ushbu binoning oltinchi qavatidagi kvartiralardan birida yong‘in chiqqan, shuningdek, dron parchalari tushishi oqibatida ikkita mashina yonib ketgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
Ukrainadagi ayrim pabliklar dronlardan biri «Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyati» tufayli yo‘nalishdan og‘ib, turar joy binosiga borib urilganini haqida yozgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi hujum yuzasidan izoh bermagan.
Astra telegram-kanali e’tibor qaratishicha, vayron bo‘lgan uy Sizran neftni qayta ishlash zavodidan taxminan uch kilometr masofada joylashgan. Bu zavod oldin bir necha bor Ukraina dronlari hujumiga uchragan, oxirgisi 18 aprel kuni qayd etilgandi. Dekabr oyida shunday hujumlardan biridan keyin zavod neftni qayta ishlashni to‘liq to‘xtatgandi.
«Agenstvo» nashri qayd etishicha, bu urush boshidan buyon Ukraina hujumi natijasida Rossiya ichkari hududlarida turar joy binosi qulashi bilan bog‘liq ilk holat bo‘ldi. Sizran shahridan RF va Ukrainaning rasmiy chegarasigacha bo‘lgan masofa 700 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:51 / 22.04.2026
Tuapseda Ukraina hujumidan keyin «neft yomg‘iri» yog‘di
09:41 / 22.04.2026
NYT: Kiyev Donbass bo‘yicha g‘ayrioddiy taklif bilan chiqqan
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:41 / 20.04.2026