Rossiya prezidenti Vladimir Putin özining Ukrainaga qarşi boşlagan harbiy hujumi muvaffaqiyati uçun barça rossiyaliklar işlaşini talab qildi hamda yana bir bor bu uruşni SSSRning 1941–1945 yillardagi natsistlar Germaniyasiga qarşi mudofaa uruşiga qiyosladi.
“Uluğ Vatan uruşi davrida butun front orti front uçun, askarlarimiz uçun, himoyaçilarimiz uçun işlagan. Ammo faqat tanklar, samolyotlar, töplar va snaryadlargina işlab çiqarilmagan”, — dedi Putin 21 aprel, seşanba kuni Moskvada ötkazilgan “Kiçik vatan — Rossiya kuçi” forumida.
Uning sözlariga köra, “bolalar, buvilar, ayollar paypoq töqigan, frontga posilkalar va sovğalar yuborgan”.
“Bizning ğalabalarimiz muvaffaqiyati aynan şunday birlikda. Hozir ham şunday böladi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Şu bilan birga, “Levada-markaz” ma’lumotlariga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi beşinçi yil davom etayotgan keng kölamli uruşi fonida Ukraina bilan muzokaralar boşlanişini qöllab-quvvatlayotgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetgan.
Fevral oyida ötkazilgan reprezentativ sörov iştirokçilarining 67 foizi tinçlik muzokaralarini boşlaş zarur, deb hisoblaydi.
Ayni paytda, harbiy harakatlarni davom ettiriş tarafdorlari uluşi kamayib, kuzatuvlar olib borilgan butun davr mobaynidagi eng past körsatkiç — 24 foizni taşkil etgan, deya ta’kidladi “Levada-markaz”.
Bundan taşqari, sörov natijalariga köra, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan rossiyaliklar soni ham tobora kamaymoqda. 2026 yil fevral holatiga köra, bunday kişilar Rossiyada yarmidan ham kam — 44 foizni taşkil etgan. Bu ham kuzatuvlar davomidagi eng past körsatkiç sifatida qayd etildi.
Şuningdek, OAV Putin reytingi olti haftadan beri ketma-ket pasayib borayotgani haqida xabar bermoqda.













