Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
1 maydan boshlab elektromobil quvvatlash stansiyalarida narx qancha bo‘lishidan qat’i nazar, haydovchi 1 kWh tok uchun o‘z yonidan 300 so‘m to‘laydi, undan ortig‘i davlat budjetidan qoplab beriladi. 1 martdan boshlab esa, elektromobilda taksichilik qiluvchilar davlatga tegishli avtoturargohlardan 30 daqiqa bepul foydalana oladi. Qoida buzmasdan 1 million km masofada qonuniy taksichilik qilganlarga ko‘krak nishon beriladi.
O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida 1 kWh elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.
Bunday tartib 2026 yil 1 maydan boshlab yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 martdan boshlab elektromobilda taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun:
- ijtimoiy soliqdan 10 foizgacha chegirma beriladi;
- davlat tashkilotlariga tegishli avtoturargohlar, shu jumladan aeroport va vokzallardagi avtoturargohlarda 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat etiladi;
- huquqbuzarlik va YTH sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni beriladi.
Quvvatlash stansiyalari uchun sotib olinadigan yer maydonlarining auksiondagi boshlang‘ich narxi ularning bozor qiymatidan 2 barobar arzon narxda belgilanadi. Bu topshiriq ijrosi 2026 yil 1 maydan boshlanishi kerak.
Shuningdek, respublika hududlarida 14 ta botanika va dendrologiya bog‘lari, 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari barpo etiladi.
Xorijiy tajribani o‘rgangan holda (Fransiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni) sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda pilot amaliy loyiha ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
10:07 / 03.04.2026
O‘zbekiston milliy valutada 1 mlrd dollar ekvivalentidagi obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirdi
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:12 / 28.03.2026
O‘zbekistonda futbolchilar daromad solig‘idan ozod etildi
14:17 / 25.03.2026