Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways 18 maydan amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtlarini e'lon qildi
Uzbekistan Airways maxsus komissiya qaroriga ko‘ra 18 maydan respublika bo‘yicha ichki reyslarni bosqichma-bosqich tiklashni boshlaydi.
Uzbekistan Airways 18 maydan boshlab Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga amalga oshiriluvchi aviaqatnovlar (borish va qaytish) vaqtlarini e'lon qildi.
Toshkent–Urganch–Toshkent (dushanba, payshanba)
- Toshkentdan uchish 09:00 – Urganchga qo‘nish 10:30;
- Urganchdan uchish 13:30 – Toshkentga qo‘nish 14:50.
Toshkent–Nukus–Toshkent (seshanba, juma)
- Toshkentdan uchish 09:00 – Nukusga qo‘nish 10:40;
- Nukusdan uchish 13:40 – Toshkentga qo‘nish 15:00.
Toshkent–Termiz–Toshkent (chorshanba, shanba)
- Toshkentdan uchish 09:00 – Termizga qo‘nish 10:20;
- Termizdan uchish 13:20 – Toshkentga qo‘nish 14:30.
Aviachiptalarni onlayn, aeroportlarda va aviakompaniya kassalarida karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda xarid qilish mumkin.
Yangi tartibga muvofiq, aviakompaniya reyslariga faqat koronavirusga test topshirib, natijasi manfiy chiqqan yo‘lovchilargina tana harorati o‘lchangan holda qo‘yiladi. Tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lish talab etiladi.
Yo‘lovchilar aeroport vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari va yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart hisoblanadi. Yo‘lovchilar samolyot bortiga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi - yonma-yon o‘rindiqlarning bittasi bo‘sh qoldiriladi.
Parvoz vaqtida zaruratsiz salon bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi.
Tartib talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Mavzuga oid
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
21:59 / 28.07.2025