Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan tartib haqida Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navröz Aşurmatov AOKA huzuridagi ştabda ötkazilgan brifingda ma'lum qildi.
Örnatilgan tartibga muvofiq:
- Avia va temir yöl reyslariga çiqiş istagida bölgan yölovçilar koronavirus infeksiyasiga test topşirişi lozim.
- Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan köp bölmagan va tahlil natijasi manfiy ekani haqidagi ma'lumotnomaga ega bölgan yölovçilar reyslarga qöyiladi.
- Barça yölovçilar aeroport va temir yöl vokzallari hududiga kirişdan oldin tana harorati ölçanadi.
- Tana harorati 37 S dan yuqori bölmagan yölovçilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temir yöl transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qölqoplarda kiritiladi.
- Tana harorati 37 S dan yuqori bölgan yölovçilarga avia va temir yöl xizmatlaridan foydalanişga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yölovçiga çipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
- Yölovçilar aeroport va temir yöl vokzallarida ijtimoiy masofani saqlaşlari hamda yönaltiruvçi maxsus tasmalar böylab harakatlanişlari şart.
- Aeroport va temir yöl vokzallarida umumiy ovqatlaniş, xizmat körsatiş va savdo şoxobçalarining faoliyat yuritişiga yöl qöyilmaydi. Yölovçilar savdo avtomatlaridan foydalanişlari mumkin.
- Yölovçilar havo kemalariga va temir yöl vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriladi.
- Avia va temir yöl qatnovlariga elektron çiptalar onlayn tarzda sotiladi.
Qatnov vaqtida:
- yölovçilar qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar böylab harakatlanişi taqiqlanadi (hojatxonadan foydalaniş holatlari bundan mustasno);
- parvoz vaqtida yölovçilarga faqatgina 250 ml hajmdagi qadoqlangan içimlik suvlari beriladi — oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi (avariya holatidagi harakat yöriqnomasi bundan mustasno);
- poyezd vagonlarida yölovçilarga berilgan bir martalik himoya niqoblari va qölqoplarini yeçişga ruxsat berilmaydi (yölovçilarning suv içiş holatlari bundan mustasno);
- vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yölovçilarning töplanişlariga yöl qöyilmaydi;



















