Uzbekistan Airways 18 maydan boşlab Toşkentdan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga amalga oşiriluvçi aviaqatnovlar (boriş va qaytiş) vaqtlarini e'lon qildi.
Toşkent–Urganç–Toşkent (duşanba, payşanba)
- Toşkentdan uçiş 09:00 – Urgançga qöniş 10:30;
- Urgançdan uçiş 13:30 – Toşkentga qöniş 14:50.
Toşkent–Nukus–Toşkent (seşanba, juma)
- Toşkentdan uçiş 09:00 – Nukusga qöniş 10:40;
- Nukusdan uçiş 13:40 – Toşkentga qöniş 15:00.
Toşkent–Termiz–Toşkent (çorşanba, şanba)
- Toşkentdan uçiş 09:00 – Termizga qöniş 10:20;
- Termizdan uçiş 13:20 – Toşkentga qöniş 14:30.
Aviaçiptalarni onlayn, aeroportlarda va aviakompaniya kassalarida karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda xarid qiliş mumkin.
Yangi tartibga muvofiq, aviakompaniya reyslariga faqat koronavirusga test topşirib, natijasi manfiy çiqqan yölovçilargina tana harorati ölçangan holda qöyiladi. Tibbiy niqob va qölqopda böliş talab etiladi.
Yölovçilar aeroport vokzallarida ijtimoiy masofani saqlaşlari va yönaltiruvçi maxsus tasmalar böylab harakatlanişlari şart hisoblanadi. Yölovçilar samolyot bortiga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriladi - yonma-yon örindiqlarning bittasi böş qoldiriladi.
Parvoz vaqtida zaruratsiz salon böylab harakatlaniş taqiqlanadi.
Tartib talablari buzilişida aybdor bölgan şaxslar epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlikka tortiladi.


















